
Jey Opetayya mashg'ulot yig'inida jarohat olgach, Uaylder raqibsiz qolgan edi.
«Agar ularga yaxshi jang kerak bo'lsa, men tayyorman, — deya Uaytning so'zlarini keltiradi Sky Sports. — U bilan jang qilishga anchadan beri harakat qilib kelyapman va uni mag'lub eta olishimga doimo ishonganman. Uning zarbasi juda kuchli, o'zi baquvvat, tezkor va hokazo. Lekin menda g'alaba uchun zarur ruhiy tayyorgarlik va unga muammo tug'diradigan uslub bor, deb o'ylayman.
Hozir men bu jangdan bir hafta keyin bo'lib o'tishi kerak bo'lgan jangga tayyorgarlik ko'ryapman, — deb qo'shimcha qildi Dillian. — SHuning uchun jismoniy holatim yaxshi. Agar ularga kerak bo'lsa, men tayyorman — faqat aytishsin».
Eslatib o'tamiz, avvalroq 11 dekabr kuni Deontey Uaylderga qarshi jang qilish bo'yicha hamyurtimiz Bahodir Jalolovga ham taklif berilgani haqida xabarlar tarqalgan edi.