
Uchrashuvni UFCning ko'plab jangchilarini vakillik qiladigan Iridium agentligidan Jeyson Xaus tashkil etishga yordam berdi. Xausning mijozlari orasida chempion Joshua Van, sobiq chempionlar Brendon Moreno va Aleksa Grasso bor.
Lalremruata UFC turnirini Hindistonning asosiy kriket ligasi — IPL bilan qiyosladi.
"Bu keyingi IPL bo'lishi mumkin! Hindistonda UFC turniri o'tkazish istiqboli haqida Xanter Kempbell va Jeyson Xaus bilan juda yaxshi muzokaralar o'tkazdik", deb yozgan vazir.
Joshua Van Mizoramda UFC turniri o'tkazish g'oyasini ilgari surishga yordam beryapti. U Myanmadan, millati — chin. CHinlar Hindistonda yashaydigan mizo xalqiga yaqin. Myanmadagi ko'plab mizolar chinlar bilan assimilyaciyalashgan. Van 10 yoshida Myanmani tark etgan — oilasi fuqarolik urushidan qochib, Malayziyaga ketgan. 12 yoshida Joshua AQSHga borgan.
Takidlash joiz, UFCning UFC India nomli rasmiy ijtimoiy tarmoq sahifalari bir necha yildan beri bor.
Qozog'iston bilan birga Hindiston ham UFC turniriga ilk bor mezbonlik qilishi mumkin