SportUz.Tv

Kardida chempionlik jangi bo'lgan UFC 327 turniri ishtirokchilari taroziga chiqishdi

11.04.2026 08:39    


Rasmni yuklab olish

Bizning vaqt bilan ertaga tong saharda AQSHning Florida shtati Mayami shahrida raqamlangan UFC turniri bo'lib o'tadi.

UFC 327 turniri ishtirokchilari ertangi jang oldidan rasmiy vazn o'lchash marosimi hamda so'nggi face to face marosimi o'tkazildi. Oqshomning asosiy voqeasi Irji Proxazka va Karlos Ulberg o'rtasida yarim og'ir vazn toifasidagi vakant chempionlik kamari uchun jang bo'ladi.

CHempionlik jangi ishtirokchilari belgilangan vazn meyorini bajarishdi - chexiyalik aralash yakkakurash ustasi 92.08 kg, yangi zelandiyalik esa 92.53 kg natija qayd etdi.

Ikkinchi muhim jang ishtirokchilari rossiyalik Azamat Murzakanov va braziliyalik Paulo Kosta ham yarim og'ir vazn toifasidagi limitga kirishda hech qanday muammoga duch kelmadi va har biri 92,99 kg natija ko'rsatdi.

Erta prelim karddan o'rin olgan bitta jang ishtirokchisi belgilangan vazn meyorini bajara olmadi. Kris Padilla engil vazn uchun belgilangan vazndan 0.91 kg ko'proq vazn ko'rsatdi. Endi u o'z gonorarining malum bir qismini raqibi Markel Mederosga beradi.


UFC 327 turniri ishtirokchilari:

Asosiy janglar

Irji Proxazka (92.08 kg) – Karlos Ulberg (92.53 kg) – yarim og'ir vazn vakant chempionlik kamari uchun

Paulo Kosta (92.99 kg) – Azamat Murzakanov (92.99 kg)

Kyortis Bleyds (118.39 kg) – Josh Xokit (105.69 kg)

Dominik Reyes (92.99 kg) – Jonni Uoker (92.99 kg)

Neyt Landver (65.77 kg) – Kab Svonson (66.22 kg)


Prelim kard janglari

Patrisio Freyre (65.77 kg) – Aaron Piko (65.77 kg)

Rendi Braun (77.56 kg) – Kevin Xolland (77.56 kg)

Mateush Gamrot (70.76 kg) – Esteban Ribovich (70.31 kg)

Lupita Godinez (52.62 kg) – Tatyana Suares (52.62 kg)


Erta prelim kard janglari

Markel Mederos (70.31 kg) – Kris Padilla (71.67 kg)*

Kelvin Gastelum (83.91 kg) – Visente Luke (83.91 kg)

Fransisko Prado (77.11 kg) – CHarlz Radtke (77.11 kg)



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Do`stlarga yuboring: