
41 yoshli Masvidal Deep Waters nashriga bergan intervyusida shunday dedi: "Biz bir muncha vaqtdan beri muloqotda bo'lib kelyapmiz, ammo hali kelishuvga erishmadik. UFC’ni juda yaxshi ko'raman, lekin ular bilan har bir mayda-chuyda detal ustida ishlashga to'g'ri keladi. Va ko'pincha xohlagan narsangni ololmaysan. Lekin oxir-oqibat biz kelishib olamiz. Men bunga ishonaman.
To'g'risini aytsam, agar ular menga Leon Edvards bilan jang berishsa, ertagayoq vazn ko'taraman", - dedi Masvidal. - Men bu jangni juda xohlayman, u esa hali hech narsani rejalashtirmagan... Ha, u men bilan uchrashmasligini aytdi, chunki men ketma-ket uch yoki to'rt marta mag'lub bo'lganman. Lekin uning o'zi ham ketma-ket to'rtta jangda yutqazgan".
Eslatib o'tamiz, Xorxe Masvidal oxirgi marta 2023 yilda oktagonga chiqqan edi. Uning rekordida 35 ta g'alaba (18 ta muddatidan oldin) va 17 ta mag'lubiyat bor.
