SportUz.Tv

Terens Krouford qurol sabab jarimaga tortildi

16.04.2026 11:18    


Rasmni yuklab olish

Beshta vazn toifasida sobiq jahon chempioni Terens Krouford kichik "ishkal" chiqardi.

Amerikalik bokschi avtomobilni ehtiyotsiz haydagani uchun sud xarajatlarini qoplash bilan kichik miqdorda jarimaga tortildi.

Voqea o'tgan yilning 28 sentyabr kuni Krouford sharafiga uning tug'ilgan shahri Omahada o'tkazilgan tantanali paraddan so'ng sodir bo'lgan. Policiya Krouford va uning uch nafar yo'lovchisi, jumladan, xavfsizlik xizmati rahbari bo'lgan mashinani ehtiyotsizlik bilan haydagani uchun to'xtatdi.

Krouford va uning xavfsizlik xizmati boshlig'i policiyachilarga ro'yxatdan o'tgan qurolga ega ekanliklarini malum qilishdi. Ammo keyin policiya xodimlari mashina polida qurollarni ko'rib qolishdi va hammadan mashinadan chiqishni talab qilib, qo'llariga kishan solishdi. Tekshiruvdan so'ng ular qo'yib yuborildi, Kroufordga esa sudga chaqiruv qog'ozi berildi.

Dekabr oyida uch nafar yo'lovchi Omaha policiyasiga qarshi federal sudga davo arizasi bilan murojaat qilib, ularni vakolatlarini suiistemol qilishda aybladi. Bu davoning taqdiri nomalum. Krouford esa ehtiyotsizlikda aybdor deb topilib, 75 dollar miqdorida jarimaga tortildi. SHuningdek, u sud xarajatlarining 49 dollarini qoplashi kerak.



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Do`stlarga yuboring: