SportUz.Tv

Makgregor Artyom Lobov oldidagi qarzini tan oldi

16.04.2026 11:33    


Rasmni yuklab olish

Artyom Lobov Konor Makgregorga qarshi 30 million dollarlik davo qo'zg'atganidan deyarli to'rt yil o'tgach, tomonlar kelishuv bitimini imzoladilar.

CHorshanba kuni "Rus bolg'asi" advokati Endryu Uoker sudda so'zga chiqib, tomonlar kelishuvga erishgani va ish endi ko'rib chiqilmasligini aytdi. Kelishuv shartlari oshkor etilmagan. Lobov avvaliga 2021 yilda "Proper No. 12" viski brendini 600 million dollarga Proximo Spirits kompaniyasiga 600 million dollarga sotgani ustidan tuzilgan bitimdan 5 foiz ulush talab qilgan.

Makgregorga brendni ishga tushirish g'oyasini bergan va biznes-rejani tayyorlagan Lobov og'zaki kelishuv asosida 5 foiz olishi kerakligini davo qilgan, irlandiyalik esa bunday kelishuvni tuzganini rad etgan. Lobovning so'zlariga ko'ra, u "Proper No. 12" ishga tushirilgandan so'ng, brend Makgregor va uning hamkorlariga jiddiy foyda keltira boshlaganidan keyin biznesdan "siqib chiqarilgan".

Kelishuv elon qilinganidan so'ng, Makgregorning advokati Mark Layman sudda irlandiyalik yulduzning arizasini o'qib eshittirdi va hozirda jangchi yozda oktagonga qaytishga etibor qaratayotganini qo'shimcha qildi.

"Men unga viski ishlab chiqarish biznesim ustida ishlagani uchun minnatdorlik bildirmoqchiman". - dedi Makgregor o'z bayonotida Lobov haqida.

Lobov sud majlisidan keyin kelishuv shartlariga izoh bermadi, biroq zalni tark etishdan oldin natijadan mamnun ekanligini takidladi.

Malumotlarga ko'ra, 11 iyul kuni Konor Makgregor Las-Vegasda bo'lib o'tadigan UFC 329 turnirida ishtirok etadi va oqshomning asosiy jangida Maks Xolloueyga qarshi oktagonga chiqishi mumkin.



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Do`stlarga yuboring: