
Oqshomning asosiy jangida tajribali Gilbert Byornsni nokautga uchratgan kanadalik Mayk Melott 100 000 dollarlik bonusga ega chiqdi. Liganing braziliyalik debyutanti Marsio Barboza ham 100 000 dollarlik chekni qo'lga kiritdi. U prelim kardda amerikalik raqibi Dennis Buzukyuni jangning 80-soniyasidayoq nokautga uchratgandi.
SHuningdek, yana ikkita har biri 100 000 dollardan iborat bonus kanadalik CHarlz Jurdeyn va amerikalik Kayler Fillipsga nasib etdi. Turnirning ahamiyati jihatidan ikkinchi muhim jangi hisoblangan ushbu to'qnashuv "Eng yaxshi jang" deb topildi. Yorqin kechgan jangda mezbonlar vakili hakamlarning yakdil qarori bilan g'alaba qozondi.
Bundan tashqari, o'z janglarini muddatidan avval g'alaba bilan yakunlagan Jey Gerbert, Robert Valentin, Gokxan Sarikama va Jon Yannis 25 000 dollarlik bonuslar bilan taqdirlandi.

"Onam meni o'ldiradi. Ammo 10 million dollar uchun tayyorman". Getji - BKFC’da jang qilish haqida
"U bilan Osiyo o'yinlarida uchrashamiz". Qozog'istonlik bokschi Abdumalik Xalokov haqida gapirdi