SportUz.Tv

Gilbert Byorns MMAdagi faoliyatini yakunladi + FOTO

19.04.2026 11:36    


Rasmni yuklab olish

Braziliyalik jangchi Gilbert Byorns UFC Fight Night 273 turniridagi mag'lubiyatdan so'ng professional faoliyatini rasman yakunlaganini elon qildi.

Uning so'nggi jangi bugun tongda Vinnipegdagi "Kanada Life Center" arenasida bo'lib o'tdi. Oqshomning asosiy jangida Byorns uchinchi raundda texnik nokaut bilan mezbonlar vakili Mayk Melottga yutqazib qo'ydi. Bu mag'lubiyat braziliyalik uchun faoliyatidagi o'ninchi va ketma-ket beshinchisi bo'ldi. Uning hisobida 22 ta g'alaba ham bor.

Byorns 39 yoshda, u 2014 yildan beri UFC oktagonida ishtirok etib, tashkilotda jami 25 ta jang o'tkazgan. Gilbert yarim o'rta vazn toifasida UFC chempioni unvoniga davogar bo'lgan, ammo chempion bo'lmagan. U 2021 yil fevral oyida UFC 258 turnirida kamar uchun jang qilgan va Kamaru Usmanga texnik nokaut bilan yutqazgan.



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Do`stlarga yuboring: