
UFC Fight Night 273 oqshomidan jami 12 ta jang o'rin olgan bo'lib, ularning teng yarmi muddatidan avval bir tomonning g'alabasi bilan yakunlandi. Asosiy jang yarim o'rta vazn toifasida o'tkazildi. Unda braziliyalik Gilbert Byorns kanadalik Mayk Melottga qarshi oktagonga chiqdi. Jangning uchinchi raundida mezbonlar vakili nomdor va tajribali raqibini texnik nokautga uchratdi.
Muhimligi jihatidan ikkinchi jangda kanadalik o'ta engil divizion vakili CHarlz Jurdeyn hakamlarning yakdil qarori bilan amerikalik Kayler Fillipsdan ustun keldi.
Rossiyalik ayol jangchi Darya Jeleznyakova mezbonlar vakilasi Melisse Krodenga ochkolar hisobiga ko'ra yutqazib qo'ydi. Yana bir rus jangchisi Mark Vologdin dunyoning eng kuchli ligasidagi debyutida amerikalik Jon Kastaneda bilan durang natija qayd etdi.
Bugungi oqshomda Jey Gerbert, Marsio Barboza, Robert Valentin, Gokxan Sarikam va Jon Yannis o'z janglarini muddatidan avval g'alaba bilan tugatishdi.
UFC Fight Night 273 turnirining to'liq natijalari:
Mayk Melott Gilbert Byornsni texnik nokautga uchratdi (zarbalar) – 3-raund, 2:08
CHarlz Jurdeyn Kayler Fillipsni ochkolar hisobiga ko'ra taslim etdi (29-28, 29-28, 29-28)
Jey Gerbert Mandelya Nalloni texnik nokaut evaziga yutdi (zarbalar) – 1-raund, 2:05
Jasmin Yasudavichus raqibasi Karin Silvadan ochkolar hisobiga ko'ra ustun keldi (29-28, 29-28, 29-28)
Geyj Yang Tyago Moyzesni hakamlarning ayri qarori bilan engdi (28-29, 29-28, 29-28)
Prelim kard janglari
Marsio Barboza Dennis Buzukyuni nokautga uchratdi (zarba) – 1-raund, 1:20
Robert Valentin Jyulen Leblanni sabmishn hisobiga yutdi (ortdan bo'g'ish) – 1-raund, 2:22
Gokxan Sarikam Tanner Boserni texnik nokaut evaziga mag'lubiyatga uchratdi (zarbalar) – 2-raund, 4:43
Melissa Kroden Darya Jeleznyakovani hakamlar qarori evaziga taslim etdi (29-28, 29-28, 29-28)
Jey Jey Oldrich raqibasi Jeymi-Lin Xortdan ochkolar bo'yicha ustun keldi (29-28, 29-28, 29-28)
Jon Kastaneda - Mark Vologdin jangida durang natija qayd etildi (29-27, 28-28, 28-28)
Jon Yannis Jeymi Sirayyani texnik nokautga uchratdi (qo'l va tirsakda zarbalar) – 1-raund, 2:43

"Onam meni o'ldiradi. Ammo 10 million dollar uchun tayyorman". Getji - BKFC’da jang qilish haqida
"U bilan Osiyo o'yinlarida uchrashamiz". Qozog'istonlik bokschi Abdumalik Xalokov haqida gapirdi