SportUz.Tv

Meyvezer - Pakyao revansh jangining o'tkazilish manzili va muddati o'zgarishi mumkin

01.05.2026 12:21    


Rasmni yuklab olish

Floyd Meyvezer va Menni Pakyao o'rtasidagi ikkinchi jang Las-Vegasdagi "The Sphere" arenasidan boshqa joyga ko'chirilishi mumkinligi aytilmoqda.

Hozirda ikkita variant ko'rib chiqilmoqda - T-Mobile Arena yoki MGM Grand Garden Arena. Bu haqda BoxingScene nashri xabar berdi.

Agentlik malumotlariga ko'ra, buning sababi logistika va tijorat: The Sphere arenasi kazinoga bog'lanmagan, bu esa bunday yirik tadbirni o'tkazish uchun kamroq foyda keltiradi.

Eslatib o'tamiz, har uchala arena ham deyarli bir xil sig'imga ega: Sphere - 17 600, MGM Grand - 16 800, T-Mobile - 18 000 o'rindiq. Boks janglari o'tkazilayotganda, ring atrofida qo'shimcha qatorlar o'rnatish hisobiga standart joylar soni ko'paytirilishi mumkin.

SHuningdek, hozirda Pakyao - Meyvezer jangini 19 sentyabrdan avgust oyining o'rtalariga ko'chirish masalasi ko'rib chiqilmoqda. CHunki 19 sentyabr kuni T-Mobile arenasida boshqa tadbir o'tkazilishi rejalashtirilgan.

Malumot uchun, Menni Pakyao va Floyd Meyvezer o'rtasidagi ilk jang 2015 yilning may oyida AQSHning Las-Vegas shahrida bo'lib o'tgan edi. O'shanda Floyd hakamlarning yakdil qarori bilan g'alaba qozongandi. 



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Do`stlarga yuboring: