SportUz.Tv

Nursulton Ro'ziboev Xamzat CHimaev - SHon Striklend jangiga taxmin bildirdi

01.05.2026 11:18    


Rasmni yuklab olish

O'zbekistonlik UFC jangchisi Nursulton Ro'ziboev BAA vakili Xamzat CHimaev va amerikalik SHon Striklend o'rtasidagi o'rta vazn chempionlik jangi haqida gapirdi.

"Mening o'zim SHon Striklend bilan sparring tushganman. U ancha baquvvat, vazni og'ir va yaxshigina bosim o'tkaza oladi. Lekin baribir Xamzat uni tezda erga yiqitib, ishni osonlikcha bitiradi deb o'ylayman. Xamzat hamma tomonlama kuchli: kurashi ham, "stoyka"si ham, jismoniy holati va chidamliligi ham joyida. Hozir aynan uning davri, CHimaevni shunchaki to'xtatib bo'lmaydi. Striklendda unga qarshi imkoniyat deyarli yo'q", dedi Ro'ziboev.

"Borz" chempionlik kamarini himoya qiladigan o'rta vazn toifasidagi chempionlik jangi 9 may kuni Nyuarkda bo'lib o'tadigan UFC 328 turnirining asosiy voqeasiga aylanadi.  



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Do`stlarga yuboring: