SportUz.Tv

Rasman! Bahodir Jalolovning Angliyadagi jangi tasdiqlandi (Poster+Kard)

30.04.2026 17:24    


Rasmni yuklab olish

Superog'ir vazn toifasidagi charm qo'lqop ustamiz Bahodir Jalolov navbatdagi jangini Buyuk Britaniyaning Manchester shahridagi "Co-op Live Arena"da o'tkazadi.

Havaskor boksda ikki karra Olimpiada chempioni 9 may kuni Queensberry promouterlik kompaniyasi tomonidan tashkil etiladigan prof boks oqshomida o'zining 18-jangini o'tkazadi. Surxondaryolik bokschimiz shu kuni xorvatiyalik Agron Smakichiga qarshi ringga ko'tariladi. Ushbu jang tashkilotchilar tomonidan rasman tasdiqlandi. 

Aslida, Bahodir Jalolov va Agron Smakichi o'rtasidagi jang 2024 yilda IBA.Pro turniri doirasida o'tkazilishi kerak edi. Ammo o'shanda Jalolovning o'rnini boshqa bir hamyurtimiz — Jahongir Zokirov egallagan va xorvatiyalik tajribali raqibini ochkolar hisobiga ko'ra mag'lub etgan edi.

Malumot uchun, Bahodir Jalolov 17 ta (15 tasi nokaut bilan) jangining barchasida zafar quchgan. So'nggi jangini 2025 yilning noyabr oyida Solomon Adebayoga qarshi o'tkazib, raqibini to'rtinchi raundda nokautga uchratgandi. Smakichi esa 2025 yilning oktyabrida rossiyalik Artem Suslenkovga beshinchi raundda texnik nokaut bilan yutqazib qo'ygan edi. Uning hisobida 21 g'alaba (19 nokaut) va 3 mag'lubiyat bor. 

Manchesterdagi professional boks oqshomining asosiy jangi ham superog'ir vazn toifasida o'tkaziladi. Unda Daniel Dyubua Fabio Uordliga qarshi ringga chiqadi. 



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Do`stlarga yuboring: