SportUz.Tv

Kamaru Usman sobiq chempionga qarshi jang o'tkazishga yaqin

02.05.2026 09:48    


Rasmni yuklab olish

Keyingi jangini Kamaru Usman o'rta vazn toifasida o'tkazishi mumkin.

Nigeriyalik aralash yakkakurash ustasi navbatdagi jangini o'rta vaznda sobiq chempion Drikus Dyu Plessiga qarshi o'tkazishi aytilmoqda. SHu yilning iyul oyiga mo'ljallangan jangni ishlab chiqish haqida vaziyatga yaqin bo'lgan manbalar xabar berdi.

Kamaru Usman so'nggi jangini o'tgan yilning iyun oyida o'tkazgandi. O'shanda u Xoakin Baklini hakamlarning yakdil qarori evaziga mag'lub etgan edi. Bungacha Usman 2023 yil oktyabr oyida o'rta vazn toifasida Xamzat CHimaev bilan jang o'tkazib, ochkolar hisobiga ko'ra imkoniyatni boy bergandi. 

Drikus Dyu Plessi esa o'tgan yilning avgust oyidan beri oktagonga chiqmayapti. Drikus oxirgi jangida hakamlarning yakdil qarori bilan CHimaevga yutqazib, o'rta vazn toifasida UFC chempionlik kamarini boy bergan edi. Bungacha janubiy afrikalik jangchi tashkilotda mag'lubiyatsiz kelayotgandi. Ketma-ket to'qqizta g'alaba va ikki chempionlik himoya jangidan keyin Xamzatdan engilgan edi. 



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Do`stlarga yuboring: