
Liga ushbu oqshomning dastlabki jangini elon qildi. Braziliyalik Jonni Uoker og'ir vazn toifasidagi debyutini aynan 1 avgust kuni Belgraddagi turnirda xorvatiyalik Ante Deliyaga qarshi jangda nishonlaydi.
Uch hafta oldin Jonni Uoker hakamlarning ayri qarori evaziga Dominik Reyesga yutqazib qo'ygandi. Bu uning so'nggi to'rtta jangidagi uchinchi mag'lubiyati bo'lgandi. Hozirda Uoker UFC yarim og'ir vazn toifasi reytingida o'n uchinchi o'rinni egallab turibdi. 1 avgust kuni og'ir vaznda debyut qiladi.
O'tgan yilning sentyabr oyida Ante Delia tashkilotdagi debyutini muvaffaqiyatli o'tkazgandi. O'shanda u birinchi raunddayoq Marchin Tiburani nokautga uchratgan, ammo keyin ketma-ket ikkita jangda yutqazgan edi. Avvaliga Valdo Kortes-Akosta tomonidan nokautga uchratilgan, keyin esa ochkolar hisobiga ko'ra Sergey Spivakka engilgandi. U og'ir vazn toifasi reytingida o'ninchi o'rindan joy olgan.

Maddalena Pratesga qarshi! UFC Australia turniri ishtirokchilari vazn o'lchash marosimidan o'tishdi
Merab Dvalishvili Pyotr Yanga qarshi uchinchi jangni qachon o'tkazmoqchi ekanini aytdi
Xamzat CHimaev Xabibning ashaddiy raqibi uni MMA jangchisi bo'lishga ilhomlantirganini aytdi