
"Menga haqiqatan ham Arman bilan kurashishni taklif qilishdi, lekin bu jangning manosi yo'q. Arman mendan ikki vazn toifasiga katta. Uning Yurayya Feyber bilan nima qilganini ko'rdim va juda xafa bo'ldim. Arman Feyberni tribunalarga uloqtirmasligi kerak edi. Yurayya juda yaxshi inson, buyuk jangchi. Arman esa menga doimo hurmat bilan munosabatda bo'lgan, u ajoyib jangchi va Gruziyada tug'ilgan, armanistonlik qo'shnim. Lekin Yurayya bilan bunday qilish shart emasdi. Men Arman bilan kurashishni o'ylab ko'rgandim, ammo barchamiz bilamiz — u kurashda mendan kuchliroq. Va burnimdagi jarohat yana ochilganida, Carukyan bilan jang qilish taklifiga “yo'q” deb javob berdim", — dedi Dvalishvili Ariel Xelvaniga bergan intervyusida.
Merab Dvalishvili Pyotr Yanga qarshi uchinchi jangni qachon o'tkazmoqchi ekanini aytdi
Xamzat CHimaev Xabibning ashaddiy raqibi uni MMA jangchisi bo'lishga ilhomlantirganini aytdi