
Tokio-2020 Olimpiadasining bronza medali sohibi hisoblangan Bibosinov indoneziyalik Suriya Dxarmaga (4-0, 3 KO) qarshi 23 may kuni jang qiladi. Jang manzili o'zgarishsiz qoldi - Bishkek (Qirg'iz Respublikasi), "Gazprom" sport majmuasi. Bo'lajak jang vakant qolgan WBA Asia kamari uchun kechadi.
Aslida Bibosinov va Dharma o'rtasidagi jang 17 aprel kuni bo'lib o'tishi kerak edi. Biroq, keyinroq Yaponiya promousheni Yaqin SHarqdagi mojaro tufayli jangni belgilangan sanada o'tkazish imkonsizligini elon qildi.
SHuningdek, Yaponiya hukumati Qirg'iz Respublikasi va Yaqin SHarqning boshqa bazi mamlakatlariga sayohat qilish haqida ogohlantirish darajasini oshirgani uchun jang qoldirilgandi.
Qozog'istonlik ikki karra jahon chempioni shu kungacha professional boksda ikkita jang o'tkazgan: 2025 yil 20 iyulda Bishkekdagi boks oqshomida filippinlik Kristian Legani birinchi raunddayoq nokautga uchratgan bo'lsa, 2025 yil 26 oktyabrda aynan Qirg'iz Respublikasi poytaxtida mahalliy bokschi Adilet Kachqinbekovni hakamlarning yakdil qarori bilan mag'lub etgandi.
