SportUz.Tv

Jon Jons: "Bu shou UFC’dan yaxshiroq bo'ldi"

19.05.2026 17:09    


Rasmni yuklab olish

Jon Jons Los-Anjelesda bo'lib o'tgan MVP MMA turniri haqida fikr bildirib, yangi liga shou jihatidan UFC’dan ustun bo'lganini aytdi.

"Menimcha, MVP shousi shunchaki fantastik bo'ldi. Hatto UFC’dan ham yaxshiroq deb o'ylayman. Tutun mashinalari, katta ekranlar va kuchli jangchilar qatnashgan bunday turnirda hali bo'lmaganman.

Tomoshabinlarning yarmi Neyt Diazning g'alabasini ko'rish uchun kelgandi, ammo har ikki jangchi ham mening yaqin do'stlarim bo'lgani uchun hissiyotlar aralash edi.

Menimcha, Ronda Rouzi ajoyib chiqish qildi. U men kutgan ishni qildi va bir daqiqaga etmay g'alaba qozondi — bu atigi 17 soniya davom etdi. Uning dzyudosi va jiu-jitsusi — yillar davomida ishlangan mahorati va boshqa qizlar hali ham bu jihatda undan ancha orqada.

Bilmadim, ammo UFC shartnomasidan chiqish haqiqatan ham mumkin deb o'ylayman. Faqat to'g'ri odamlarni topish, kerakli yo'llardan o'tish va ko'proq harakat qilish kerak", — dedi Jons Bloody Elbow portaliga.



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Do`stlarga yuboring: