
Ushbu jang 11 iyul kuni UFC 329 doirasida Las-Vegasda bo'lib o'tadi.
"Konorda hali ham kuchli zarba bor. Qanday jarohati bo'lishidan qati nazar, zarba kuchi saqlanib qoladi. Albatta, tayming va boshqa omillar ham muhim, lekin uning zarba salohiyati yo'qolmagan. Bu haqiqiy jangga aylanadi.
CHarlz Oliveyra Xolloueyni bosim ostida qoldirishga muvaffaq bo'ldi va bu meni hayratga soldi, chunki Maksni nazorat qilish juda qiyin. Konor u bilan 25 daqiqa davomida kikboksing uslubida jang qiladi. Uning bitta aniq zarba bilan hammasini hal qilish imkoniyati bor.
Maks har doim katta hajmda zarba beradi, ammo 55 kg vaznda men u bilan so'nggi marta jang qilganimda ham unda kuchli zarbalar bor edi. 170 funtda esa u yanada kuchliroq uradi deb o'ylayman, chunki Maks hozir raqibga jiddiy zarar etkaza oladi. U endi shunchaki “katta hajmli” bokschi emas — jangni yakunlay oladi.
Yana bir narsa haqida doim o'ylayman: Maks so'nggi uch jangda butun oldingi faoliyatidagidan ko'proq nokdaunga uchradi. Jastin Getji, Iliya Topuriya va men ham uni nokdaunga tushirganman. Agar uning jag'i uslubi sabab endi chidamsizlanayotgan bo'lsa, Konor uni qulatishi mumkin", — dedi Pore MMA Junkie’ga bergan intervyusida.
