
UFC rahbari Dana Uayt AQSH prezidenti Donald Tramp bilan Oq uydagi kechki ovqat paytida uchragan hasharotlar muammosi haqida so'zlab berdi.
"Prezident Tramp ikki kun oldin Rozalar bog'ini ochdi va meni kechki ovqatga taklif qildi. U erda juda ko'p mayda pashshalar bor edi. Men: “Voy, lanati…” deb o'yladim. Samolyotga chiqishim bilan bosh prodyuserimga qo'ng'iroq qilib, pashshalar haqida gapirdim.
Jangchi nuqtai nazaridan qarasangiz, yoritish moslamalari, kuchli projektorlar — bularning barchasi pashsha va boshqa hasharotlarni jalb qiladi. Biz shunday mayda detallar haqida ham o'ylashimiz kerak. SHuning uchun men ochiq havodagi turnirlarni yaxshi ko'rmayman", — dedi Uayt Home of Fight’ga.