
Avvalroq 34 yoshli rossiyalik aralash yakkakurash ustasi ham navbatdagi jangi avgust oyiga rejalashtirilganini malum qilgandi.
"Ha, - dedi Mendes "Match TV"ga bergan intervyusida avgust oyida jangga tayyorgarlik haqida gapirib. - Islam professional - u har qanday jangga tayyor bo'ladi va unga alo darajada etib boradi".
Malumot uchun, Maxachev o'tgan yilning noyabr oyida ikkinchi vazn toifasida chempionlik kamarini qo'lga kiritgan edi. Mish-mishlarga ko'ra, UFC unga jangni yanvar oyida o'tkazishni taklif qilgan, biroq Maxachev rad etgandi. SHundan so'ng Maxachev va engil vazn toifasidagi UFC chempioni Iliya Topuriya o'rtasidagi jang 14 iyun kuni Oq uydagi turnirda o'tkazilishi rejalashtirilgani haqidagi voqea keng muhokama qilindi.
CHempionning raqibi haqida ham aniq malumot yo'q. Maxachev jamoasi reytingda sakkizinchi o'rinni egallab turgan sobiq chempion Kamaru Usmanga qarshi jangga qiziqish bildirgandi.
Reytingning birinchi va uchinchi raqamli jangchilari Ian Gerri Machado va Maykl Morales ijtimoiy tarmoqlarda bir necha bor hammasi hal bo'lganini va ularni Maxachevga qarshi chempionlik jangi kutayotganini malum qilishdi. Ehtimol, ularga sobiq chempion Jek Della Maddalenani mag'lub etgan reytingning ikkinchi raqamli vakili Karlos Prates ham qo'shiladi.
