SportUz.Tv

Usikning sobiq promouteri Aleksandrga faoliyatini yakunlashni maslahat berdi

26.05.2026 18:18    


Rasmni yuklab olish

Aleksandr Usikning sobiq promouteri Aleksandr Krasyuk ukrainalik jahon chempioni faoliyatini yakunlashi kerak deb hisoblamoqda.

Krasyukning fikricha, Usik Riko Verxuvenga qarshi kechgan jangning 11 raundidan bor yo'g'i 3 tasini yuta oldi, xolos. Bu esa uning faoliyatini yakunlashi uchun ishora.

"To'g'risini aytsam, agar men unga maslahat berganimda, uning keyingi raqibi oilaviy ishlari yoki ehtimol, biznesi bo'lardi, - dedi Krasyuk Boxing King Media kanaliga bergan intervyusida. - U to'xtashi kerak. Ikki daqiqa kechikkandan ko'ra, bir soat oldin ketgan maqul. Afsuski, bu nafaqat boks uchun, balki hayotdagi boshqa hamma narsa uchun ham to'g'ri. Dunyodagi barcha pullarni ishlab topib bo'lmaydi va barcha raqiblarni mag'lub etib bo'lmaydi. Bu cho'qqiga chiqqan va mag'lubiyatga uchramagan Usik kabi odam uchun juda qiyin qaror. Lekin kelajakni o'ylash kerak. Unga barcha davrlarning eng buyuk va mashhur bokschilaridan biri sifatida xotirada qolishi uchun faoliyatini hozir yakunlashini chin qalbimdan tilayman.

U avvalgidek ko'rinmasdi, - deb qo'shimcha qildi promouter. — Usik faoliyatidagi eng katta vazn bilan chiqdi. Rikoga qarshi jangda ham Dyubua bilan oldingi jangdagi tendenciya davom etganiga etibor berdingizmi? U oyog'ida ancha kam harakat qiladigan bo'lib qolgan. U kuchliroq zarba berish haqida ko'proq qayg'uradi va buning oqibatida oyoqda kam harakat qiladi". 



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Do`stlarga yuboring: