SportUz.Tv

O'zbekistonlik bokschi Inouega qarshi jang o'tkazish imkoniyati haqida fikr bildirdi

29.05.2026 17:48    


Rasmni yuklab olish

33 yoshli rossiyalik bokschi, o'zbek millatiga mansub Muhammad SHexov ikkinchi engil vazndagi mutlaq jahon chempioni Naoya Inouega qarshi jang qilish imkoniyati haqida gapirdi.

"Hech qanday kafolat berishmagan, lekin Inoue mutlaq jahon chempioni, u superchempion hisoblanadi va kamarlarini himoya qilishi kerak. Rejaga ko'ra, Inoue va Nakatani jangi g'olibi bizning jang g'olibi bilan to'qnash kelishi kerakligi aytilgandi.

Bu promouterlar va WBA prezidenti Xilberto Mendosa bilan kelishilgan. Men boshqa yo'nalishlarda ham kuchli o'ntalikdaman: WBO’da uchinchi, IBF’da oltinchi yoki ettinchi o'rindaman.

Oldindan katta gapirmaymiz, lekin agar bu jangda hammasini chiroyli va ishonchli bajarsak, o'sha jang — Inoue va Nakatani to'qnashuvi g'olibi bilan uchrashishimiz mumkin", — dedi SHexov.



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Do`stlarga yuboring: