SportUz.Tv

Iliya Topuriya Jastin Getjidan qabul qilgan mag'lubiyatiga ilk bor izoh berdi

16.06.2026 09:39    


Rasmni yuklab olish

Jastin Getjiga qarshi birlashtiruvchi jangda mag'lubiyatga uchragan Iliya Topuriya o'zini oqlamaydi, aksincha, amerikalik bilan revansh olishga umid qilmoqda.

"Jastin, tabriklayman. Yuzimda iz qoldirishingni aytganding. Birinchi raunddayoq o'ng ko'zimni, ikkinchi raund oxirida esa chap ko'zimni ko'r qilib qo'yding. Hech qanday bahona yo'q. Hayotimdagi eng yaxshi mashg'ulotlardan birini o'tkazdim. Men jangga alo darajada, yaxshi tayyorgarlik ko'rgan va to'liq tayyor holda kirdim. Kechagi oqshom seniki edi. Bu o'yinning tabiati shunday. SHon-shuhrat va dard doimo yonma-yon yuradi. Men tuzalib ketaman. Dam olaman. Kuchliroq, aqlliroq va ancha xavfliroq bo'lib qaytaman. Ishon menga, hikoyamiz hali tugamadi. Biz albatta revansh olamiz", - deb yozdi ispaniya-gruziyalik jangchi ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida.

Eslatib o'tamiz, Oq uy yaqinidagi UFC Freedom 250 turnirining asosiy jangida "El Matador" engil vazn toifasidagi chempionlik kamarini boy berishi ortidan faoliyatidagi ilk mag'lubiyatini ham qabul qilib olgandi. 



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Do`stlarga yuboring: