SportUz.Tv

Pereyra Gan bilan jang uchun apellyaciya berishdan voz kechdi. U revansh istamoqda

18.06.2026 16:48    


Rasmni yuklab olish

UFC sobiq chempioni Aleks Pereyra franciyalik Siril Ganga qarshi jang natijasini qayta ko'rib chiqish bo'yicha apellyaciya berish fikridan qaytganini malum qildi.

SHu bilan birga, u Gan bilan revansh jangini o'tkazish niyati borligini ham aytdi.

Ularning to'qnashuvi 15 iyun kuni UFC White House — Freedom 250 turnirida bo'lib o'tgan va kechaning ikkinchi asosiy jangi bo'lgan edi. Bahs ikkinchi raundda Siril Ganning texnik nokaut orqali g'alabasi bilan yakunlangan. SHu tariqa, Gan og'ir vazndagi vaqtinchalik chempionlik kamarini qo'lga kiritgan.

"Apellyaciya berishdan mano yo'q. Agar Siril chempion bo'lsa, mayli chempion bo'lib turaversin. Men xohlayotgan yagona narsa — revansh. Qoidalarga muvofiq, halol jang qilish imkoniyatini olmoqchiman. Maydonga chiqib, o'zimning haqiqiy imkoniyatlarimni ko'rsatishni istayman", — dedi Pereyra.



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Do`stlarga yuboring: