
"100 foiz og'ir vaznda qolaman va albatta chempionlik kamari uchun harakat qilaman. O'sha jangda menga omad kulib boqmadi. Men buni omad deyman — Gan jeb urganida ko'zini yumgan edi. Lekin baribir kamar uchun jang qilaman. Hozir kamar unda. Tom Aspinall qachon qaytishini bilmayman", — dedi Pereyra.
Avvalroq Pereyra Ganga qarshi jang natijasi bo'yicha apellyaciya bermoqchiligini aytgan edi. O'sha bahs ikkinchi raundda texnik nokaut bilan francuz jangchisining g'alabasi bilan tugagan.