
U ilk bosqichdayoq ashaddiy raqibasiga aylangan germaniyalik Maxi Klotzerga qarshi ringga ko'tarildi. Bu ularning joriy yildagi 3- to'qnashuvi edi. Dastlab yilning boshida “Strandja” turnirida Feruza g'alaba qozongan bo'lsa, Braziliyadagi Jahon kubogida Klotzer zafar quchgandi.
Trilogiyada esa Kazakova barchasiga nuqta qo'ydi. Ikki raundni 5:0 hisobi bilan o'z foydasiga hal qilgan Kazakova 3-raundda asosan jarohat orttirib olmaslikka intildi. SHu tariqa Feruza jiddiy raqibasini 5:0 hisobida taslim etdi va musobaqadagi yurishini davom ettiradigan bo'ldi.
Bugun musobaqa doirasida faqatgina Feruza Kazakova jang o'tkazishi lozim edi. Yurtdoshlarimiz ishtirokidagi janglar ertadan davom ettiriladi.