
33 yashar hamyurtimiz avval taxmin qilinganidek, 1 avgust kuni Serbiya poytaxti Belgradda ilk bor tashkil etiladigan UFC Fight Night turnirida oktagonga ko'tariladi.
O'sha kuni Bogdanga sobiq raqibi, polshalik UFC sobiq chempioni Yan Blaxovich raqiblik qiladi.
Guskov hozirda UFC reytingida o'ninchi o'rinni egallab turgan bo'lsa, Yan Blaxovich bu reytingda to'rtinchi pog'onada qayd etilgan.
Eslatib o'tamiz, sportchilar o'rtasidagi dastlabki bahs durang bilan yakunlangandi.
