SportUz.Tv

Iliya Topuriya va Jastin Getji olti oyga chetlatildi

19.06.2026 09:00    


Rasmni yuklab olish

15 iyun tongida UFC Freedom 250 turnirining asosiy jangi ishtirokchilari Iliya Topuriya va Jastin Getji olti oylik diskvalifikaciya oldi.

Ikkala sportchi ham tibbiy sabablarga ko'ra janglardan chetlatildi: Topuriyaning har ikki ko'z kosasi singan, Getjining tizzasi va bilagi jarohatlangan.

Agar ulardan birortasi rasmiy chetlashtirish muddati tugashidan oldin oktagonga qaytishni istasa, u jarohatlarini davolaganini tasdiqlash uchun maxsus tibbiy komissiyadan o'tishi kerak bo'ladi.

Eslatib o'tamiz, Jastin Getji Iliya Topuriyani muddatidan avval mag'lub etib, engil vazn toifasida UFC chempionlik kamarini qo'lga kiritgan edi. 



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Do`stlarga yuboring: