SportUz.Tv

Madrimovning vaznida katta janglar elon qilindi + POSTER

20.06.2026 09:48    


Rasmni yuklab olish

26 iyul kuni Avstraliyaning Sidney shahrida katta boks oqshomi bo'lib o'tadi.

«USA vs Australia» shiori ostida tashkil etilayotgan musobaqaning markaziy jangida avstraliyalik bokschi Tim Czyu amerikalik sobiq jahon chempioni Errol Spensga qarshi ringga ko'tariladi. To'qnashuv super yarim o'rta vazn toifasida o'tkaziladi.

Tashkilotchilar tomonidan elon qilingan anderkard janglari ham muxlislarda katta qiziqish uyg'otmoqda. Xususan, ikki divizion sobiq jahon chempioni Jermall CHarlo avstraliyalik Koen Mazuder bilan kuch sinashadi. 

Ikki divizionda jahon chempioni bo'lgan amerikalik Stiven Fulton esa kard doirasida avstraliyalik Liam Uilsonga qarshi ringga chiqadi. 

Prof boks oqshomi Sidneydagi 21 ming tomoshabinga mo'ljallangan Afterpay Arena (sobiq Qudos Bank Arena) majmuasida o'tkaziladi.



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Do`stlarga yuboring: