
ACBJJ ligasi Zabit Magomedsharipov 5 iyul kuni Moskvada bo'lib o'tadigan ACBJJ 21 turnirining asosiy bellashuvini rasman tasdiqladi. Biroq rossiyalikning raqibi avvaldan aytilganidek, yangi zelandiyalik Den Xuker emas, balki UFC`ning o'ta engil divizionida ishtirok etuvchi amerikalik Raul Rosas Junior bo'ladi.
Tadbir xedlaynerlari 70 kilogrammgacha bo'lgan vazn toifasida jiu-jitsu qoidalari bo'yicha bellashadilar. G'olib "All Stars" kamarini qo'lga kiritadi.
Turnirning ikkinchi muhim tadbirida sobiq UFC jangchilari Armen Petrosyan va Rinat Faxretdinov 90 kilogrammgacha bo'lgan vazn toifasida jiu-jitsu qoidalari bo'yicha jang o'tkazadi.
Malumot uchun, 35 yoshli Zabit Magomedsharipov aralash yakkakurashdagi professional faoliyatini yakunlaganini rasman elon qilganidan uch yil o'tib, fevral oyida ACBJJ ligasi bilan shartnoma imzoladi.
21 yoshli Raul Rosas Junior dunyoning eng kuchli ligasida beshta g'alabali seriyada bormoqda. O'z vaqtida UFC`ning eng yosh jangchisi bo'lgan Rosas aprel oyida amerikalik San-Pauludagi Hype Brazil turnirida ishtirok etib, braziliyalik Deyveson Figeredo bilan greppling bo'yicha durang natija qayd etgandi.

Bahodir Jalolov bilan jang qilishi aytilgan Mozes Itaumaning raqibi va jang sanasi tasdiqlandi
"Maxachev - Makgregor jangi UFC tarixidagi eng buyuk to'qnashuvga aylanishi mumkin" - murabbiy