SportUz.Tv

Bahodir Jalolov bilan jang qilishi aytilgan Mozes Itaumaning raqibi va jang sanasi tasdiqlandi

20.06.2026 09:51    


Rasmni yuklab olish

Superog'ir vazn toifasidagi istiqbolli bokschilardan biri Mozes Itaumaning navbatdagi raqibi malum bo'ldi.

Britaniyalik yosh bokschi 29 avgust kuni Londondagi mashhur O2 Arena majmuasida xorvatiyalik tajribali Filip Xrgovichga qarshi ringga ko'tariladi. Ushbu boks oqshomining DAZN platformasi orqali translyaciya qilinishi rejalashtirilgan.

Malumot uchun, 21 yoshli Itauma professional faoliyati davomida hozirgacha 14 ta jang o'tkazib, ularning barchasida g'alaba qozongan. Janglarining 12 tasi nokaut bilan yakunlangan. Britaniyalik bokschi so'nggi marta mart oyida amerikalik Jermeyn Franklinni beshinchi raundda muddatidan avval mag'lub etgan edi.

Filip Xrgovich esa professional ringda 20 ta g'alaba va 1 ta mag'lubiyat qayd etgan. 34 yoshli xorvat bokschisi may oyida Deyv Allenni uchinchi raundda texnik nokaut bilan mag'lub etgan.



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Do`stlarga yuboring: