
"Hozircha buning iloji yo'q. Ammo biz Mark Cukerberg va Ilon Mask o'rtasidagi jang bo'yicha muzokara olib bordik. Bu haqiqat. Men ikki hafta davomida o'sha jang haqida maslahat oldim. Ular aynan Kolizeyda uchrashishni xohlashdi. Kolizey u erda jang o'tkazish uchun taxminan 150 million dollar so'radi. Bu mablag' Italiyadagi mashhur joylarni tiklaydigan jamg'armaga yo'naltirilgan bo'lardi", - dedi UFC rahbari Dana Uayt matbuot anjumanida.
Eslatib o'tamiz, 15 iyun kuni AQSH Oq uyida tarixiy turnir bo'lib o'tdi. U AQSH mustaqilligining 250 yilligiga bag'ishlandi. Kolizey antik davrlarda gladiatorlar jangi o'tkaziladigan maydon bo'lgan.
