
"Ikki kun oldin Guskov yarim og'ir vazn toifasi reytingida ko'tarilish uchun eng kuchli raqib bilan jang qilgandi. Endi esa hammasi aksinchaga o'xshaydi", - deb yozdi polshalik jangchi ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida.
Eslatib o'tamiz, yarim og'ir vazn toifasining suniy intellekt tomonidan hisoblangan yangi reytingida Bogdan Guskov o'ninchi o'rinda qolgan bo'lsa, Yan Blaxovich 4-o'rindan 15-pog'onaga tushib ketgandi.
Blaxovich va Guskov o'rtasidagi jang 1 avgust kuni Belgradda bo'lib o'tadigan UFC Fight Night 283 turnirining ikkinchi muhim jangi bo'ladi.
