
Amerikalik internetda uning hibsga olingani aks etgan video paydo bo'lganidan so'ng tegishli bayonot berdi. Unda Dastin Atlanta aeroportida mast holda samolyotga qo'yilmagani uchun policiya xodimi bilan mushtlashishga uringani va bu jarayonda elektroshok bilan "o'qqa" tutilishiga sal qolgani tasvirlangan.
"Men yordamga muhtoj bo'lgan paytga keldim. Janglarni tark etish men uchun oson bo'lmadi, alkogol ham echim emas. U otamning hayotini barbod qildi. Endi mening hayotimni ham barbod qilishiga yo'l qo'ymayman. Mening oilam ular bilan 100 foiz birga bo'lishga loyiq. Fikrlarimni tartibga solish va bundan keyin nima qilish kerakligi haqida to'g'ri qaror qabul qilish uchun qo'limdan kelganini amalga oshirish harakatidaman", - deb yozdi "Brilliant" ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida.
Eslatib o'tamiz, yakshanba kuni kechqurun o'tgan yilning yozida faoliyatini yakunlagan 37 yoshli Pore Jorjiya shtatining Atlanta shahrida hibsga olingandi. Keyin orada to'rt soat o'tganidan keyin ozodlikka chiqqandi. Dushanba kuni ertalab esa unga jazo tayinlanishi kerak bo'lgan sud oldida javob berdi.
