SportUz.Tv

Zokirov, Xolmatov, Xalmaxanov va boshqa yulduz sportchilarimiz davlat mukofotlari bilan taqdirlanishdi

29.06.2026 17:15    


Rasmni yuklab olish

O'zbekiston Respublikasi Prezidenti SHavkat Mirziyoev 30 iyun - Yoshlar kuni munosabati bilan bir qator sportchilarni davlat mukofotlari bilan mukofotladi.

"Kelajak bunyodkori" medali bilan:

Azatova SHaxzoda Alisher qizi - O'zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetining Nukus filiali 4-bosqich talabasi, Qoraqalpog'iston Respublikasi

Rahimova Sevinch Hamroevna - Karate bo'yicha O'zbekiston milliy terma jamoasi azosi, Xorazm viloyati.

"Mard o'g'lon" davlat mukofoti bilan:

Zokirov Jaxongir Lazizbek o'g'li - Boks bo'yicha O'zbekiston milliy terma jamoasi azosi (Jizzax viloyati)

Xudoyberdiev Dilshodjon Rayimberdi o'g'li - Samarqand viloyati suv sport turlariga ixtisoslashtirilgan sport maktabining akademik eshkak eshish bo'limi sportchisi (Samarqand viloyati)

Xolmatov Otabek SHuxrat o'g'li - Sirdaryo viloyati ichki ishlar boshqarmasining otryad katta mutaxassisi (Sirdaryo viloyati)

Qosimxojiev Najmiddin Abdujabbor o'g'li - O'zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti 4-bosqich talabasi (Surxondaryo viloyati)

Xalmaxanov Aytjan Daniyor o'g'li - CHirchiq olimpiya va paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazi 2-bosqich talabasi (Toshkent viloyati)

Begmuratov Humoyun Xusniddinovich - SHaxmat bo'yicha O'zbekiston erkaklar terma jamoasi azosi (Toshkent shahri).



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Do`stlarga yuboring: