SportUz.Tv

Eddi Xirn Aleksandr Usikning so'nggi raqibini elon qildi

29.06.2026 18:15    


Rasmni yuklab olish

O'tgan juma kuni Aleksandr Usik barcha chempionlik kamarlarini bo'shatib, boks olamini hayratda qoldirgandi.

SHuningdek, u xayrlashuv jangi o'tkazib, faoliyatini yakunlashini malum qilgandi. Britaniyalik taniqli promouter Eddi Xirn esa ukrainalik faoliyatidagi so'nggi jangida kim bilan jang o'tkazishni rejalashtirayotganini bilishini takidladi.

Matchroom Boxing rahbarining so'zlariga ko'ra, zamonamizning eng yaxshi bokschilaridan birining raqibi superog'ir vazn toifasida sobiq jahon chempioni, Usik hali uchrashmagan avlodning kam sonli elita bokschilaridan biri Deontey Uaylder bo'ladi.

"O'ylaymanki, u allaqachon hamma narsaga erishgan. U xohlagan narsasini qilish huquqiga ega. Bilishimcha, uning navbatdagi raqibi Deontey Uaylder bo'ladi. U aynan shu jangni o'tkazmoqchi. U bunga faqat ishbilarmonlik nuqtai nazaridan yondashadi va shunday deydi: "Men bu jang uchun qaerdan ko'proq pul ishlab olishim mumkin?" SHundan so'ng u faoliyatini yakunlaydi.

"Bilasizmi, ehtimol u boshqa majburiy himoya bosimi, 28 kunlik muzokaralar, gonorar uchun savdolashish va keyingi to'qson kun davomida jang qilishga majbur bo'lishni istamasligini tushunib etgandir. U Germaniyaga borib, Agit Kabayel bilan jang qilmoqchimi? Bu ritorik savolga javob yo'q", - deya Xirnning so'zlarini keltiradi MMAmania nashri.

WBC yo'nalishi bo'yicha og'ir vazn toifasida sobiq jahon chempioni Deontey Uaylder so'nggi jangini joriy yilning aprel oyida britaniyalik Derek CHisoraga qarshi o'tkazib, ochkolar hisobiga ko'ra g'alaba qozongandi. Aleksandr Usik esa may oyida niderlandiyalik Riko Verxuven ustidan bahsli jangda zafar quchib, o'ziga tegishli WBC, WBA-Super va The Ring kamarlarini muvaffaqiyatli himoya qilgan edi.



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Do`stlarga yuboring: