SportUz.Tv

Yen Machado Gerri Maxachevni nechanchi raundda "finish" qilishini aytdi

01.07.2026 11:54    


Rasmni yuklab olish

Irlandiyalik davogar Yen Machado Gerri Islam Maxachevga qarshi chempionlik jangida muddatidan oldin g'alaba qozonishni maqsad qilgan.

"Men uni to'rtinchi raundda yakunlamoqchiman. Erta nokautni rejalashtirmayapman, chunki har doim har xil "agar" va "lekin"lar qoladi. Bahonalar paydo bo'ladi. To'rtinchi raundda men aytaman: "Men hozir buni qilaman"... va uni tinchitaman", - dedi Gerri TNT Sports’ga bergan intervyusida.

Eslatib o'tamiz, Maxachev va Gerri 16 avgust tongida UFC 330`ning asosiy jangida o'zaro to'qnash keladi. Turnir Filadelfiyada bo'lib o'tadi. Islam avstraliyalik Jek Della Maddalena ustidan qozonilgan g'alabadan so'ng yarim o'rta vazn toifasida UFC chempioniga aylangan edi. 



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Do`stlarga yuboring: