SportUz.Tv

IBF Frenk Sanchesning chempionlik jangi uchun buyruq berdi

01.07.2026 10:48    


Rasmni yuklab olish

Xalqaro boks federaciyasi (IBF) superog'ir vazn toifasida vakant bo'lib turgan kamar uchun jangga buyruq berdi.

Ushbu kamar uchun kubalik Frenk Sanches va britaniyalik Mozes Itauma o'zaro jang qiladigan bo'ldi. 

Tomonlar yaqin orada jang sanasi va manzili bo'yicha kelishuvga erishishlari lozim. 

Eslatib o'tamiz, ushbu kamar bungacha Aleksandr Usikka tegishli edi. U bir necha kun oldin barcha kamarlarini vakant qoldirganini elon qildi. 

Avvalroq, IBF yo'nalishida Bahodir Jalolov ham kamar uchun jang qilishi mumkinligi haqida xabar qilgandik. Ammo, tashkilot Frenk Sanches va Mozes Itauma jangiga buyruq berdi. 



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Do`stlarga yuboring: