
"Lo'lilar qiroli" 24 iyul kuni Tailandda polshalik faxriy bokschi Mariush Vaxga qarshi ringga ko'tariladi. SHu yilning mart oyida Vax ukrainalik og'ir vazn toifasidagi Viktor Vixristga mag'lub bo'lgandi. Mariushning professional ringdagi faoliyati davomida 39 ta g'alaba va 13 ta mag'lubiyat qayd etilgan.
Eslatib o'tamiz, shu yilning oxirida Tayson Fyuri hamyurti Entoni Joshua bilan jang qilishi kutilmoqda. Fyuri so'nggi jangini Londonda rossiyalik Arslanbek Mahmudovga qarshi o'tkazib, raqibini ochkolar hisobiga ko'ra mag'lubiyatga uchratgandi.
