
Avval xabar berganimizdek, turnir doirasida o'zbekistonlik aralash yakka kurash ustasi Akbar Islomboev ham oktagonga ko'tariladi.
Unga o'sha kuni braziliyalik Elvis Silva raqib bo'ladi. Mazkur bellashuv tashkilotchilar tomonidan tasdiqlandi.
Jang yarim engil vazn toifasida tashkil etiladi.
Takidlash lozim, 27 yoshli Akbar Islomboev hozirgacha 8 ta jang o'tkazib, 6 ta g'alaba va 2 ta mag'lubiyat qayd etgan. 36 yashar Elvis Silva hisobida esa 15 ta g'alaba va 8 ta mag'lubiyat bor.
