SportUz.Tv

Bahodir Jalolov va Bektemir Meliqo'ziev Osiyo o'yinlariga boradimi?

23.08.2026 14:27    


Rasmni yuklab olish

Bir necha kun avval internet sahifalarida o'zbekistonlik tajribali bokschilar, hozirda o'z faoliyatini prof boksda davom ettirayotgan Bahodir Jalolov hamda Bektemir Meliqo'zievga oid yangiliklar paydo bo'lgandi.

Unga ko'ra, Jalolov va Meliqo'ziev sentyabr oyida Yaponiyaning Aichi prefekturasi hamda Nagoya shaharlarida o'tkaziladigan yozgi Osiyo o'yinlarida ishtirok etishi haqida gap-so'zlar tarqaldi.

Insayder Jalol Ahmedovning o'z Telegram kanalida malum qilishicha, bu haqiqatga to'g'ri kelmadi. Bahodir va Bektemir Yaponiyadagi Osiyo o'yinlarida ishtirok etmaydi.

Malumotlarga ko'ra, Meliqo'ziev prof boksdagi keyingi jangini oktyabr, Jalolov esa noyabr oyida o'tkazishi mumkin.



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Do`stlarga yuboring: