
«Bu — Terens Krouford, SHakur Stivenson, Saul “Kanelo” Alvares, Entoni Joshua va Tayson Fyuri», — deya Usikning so'zlaridan iqtibos keltiradi Sport.ua portali.
Ukrainalik bokschining professional rekordida 25 ta g'alaba bor. Ularning 16 tasi muddatidan oldin yakunlangan. Usik hozirga qadar biror marta ham mag'lubiyatga uchramagan. U professional boksdagi faoliyatini 2013 yil noyabr oyida boshlagan.
Sportchi 2012 yilgi Olimpiya o'yinlari chempioni, shuningdek, 2011 yilgi jahon chempionati va 2008 yilgi Evropa chempionati g'olibi hisoblanadi. Usik boks bo'yicha Ukrainada xizmat ko'rsatgan sport ustasi unvoniga ham sazovor bo'lgan.