
«100 million dollar evaziga hatto o'z otamning ham yuziga uraman. Buni hoziroq qilgan bo'lardim! Gong chalinishi bilanoq do'stligimizni unutaman», — deydi Romero.
Romero va Lopes o'rtasidagi yarim o'rta vazn toifasida WBA chempionlik kamari uchun jang 22 avgustdan 23 avgustga o'tar kechasi AQSHning Las-Vegas shahrida bo'lib o'tadi. Har ikki bokschi ring tashqarisida do'st bo'lgan, ularning faoliyati parallel ravishda rivojlangan va ular bir-biri bilan sparring mashg'ulotlari ham o'tkazgan.