
Ular o'rtasidagi bellashuv 3 oktyabr kuni Las-Vegasda tashkil etiladi. Carukyan va Denis RAF 14 turnirida o'rta vazn toifasidagi RAF chempioni unvoni uchun jang qiladi.
Carukyan avval ham RAF promoushenida jang o'tkazgan. U iyul oyida tashkilotdagi ilk mag'lubiyatini qayd etib, murosasiz kechgan jangda Kolbi Kovingtonga ochkolar bo'yicha yutqazgan.
Denisning RAFdagi rekordi esa 0-2. U debyut jangida Kovingtonga, keyin esa UFC sobiq chempioni Xamzat CHimaevga mag'lub bo'lgan. CHimaevga qarshi jangdan so'ng sahnada ommaviy janjal kelib chiqqan va vaziyatga xavfsizlik xodimlari aralashishiga to'g'ri kelgandi.

SHohjahon Ergashev Daniyar Eleusinovni jangga chorladi, Olimpiada chempioni esa bunga javob qaytardi