SportUz.Tv

Uch bokschimiz jang o'tkazadigan Rossiyadagi turnirning to'liq kardi tasdiqlandi + POSTER

11.08.2026 10:15    


Rasmni yuklab olish

14 avgust kuni Rossiya Federaciyasining Naberejnie CHelni shahrida o'tkaziladigan turnirda Mirazizbek Mirzaxalilov kamar uchun jang qiladi.

Biz uchun ahamiyatlisi, turnir doirasida uch nafar bokschimiz — Mirazizbek Mirzaxalilov, Havasbek Asadullaev va Xalimjon Mamasoliev ham ringga ko'tariladi. Tashkilotchilar tomonidan uch kundan so'ng o'tkaziladigan boks oqshomining to'liq kardi elon qilindi. 

"IBA.PRO 20" turnirining asosiy jangi ikkinchi o'rta vaznda IBF European kamari uchun kechadi. Unda havaskor boksda o'tgan yilgi jahon chempioni rossiyalik Jambulat Bijamov (3-0) jahon chempionati bronza medali sovrindori, Serbiya sharafini himoya qilayotgan Vladimir Mironchikov (8-0, 6 KO)ga qarshi ringga ko'tariladi.  


Turnirning to'liq kardi:

Ikkinchi o'rta vazn, 10 raund, IBF European kamari uchun jang: Jambulat Bijamov (3-0, Rossiya) – Vladimir Mironchikov (8-0, 6 KO, Serbiya);

Yarim o'rta vazn, 10 raund, IBF Youth kamari uchun jang: Ruslan Selimyan (14-0, 8 KO, Rossiya) – Ivan Kambagire (9-2-1, 4 KO, Uganda);

Engil vazn, 10 raund, IBF Youth kamari uchun jang: Mixail Grigoryan (9-0, 2 KO, Rossiya) – Genri Otemba (9-1, 5 KO, Uganda);

Ikkinchi o'ta engil vazn, 10 raund, IBF European kamari uchun: CHingiz Natirov (10-0, 5 KO, Rossiya) – Mirazizbek Mirzaxalilov (5-0, 4 KO, O'zbekiston);

Ikkinchi yarim engil vazn, 6 raund: Amin Abdullin (2-0, 1 KO, Rossiya) – Adilet Kurmetov (3-0, 1 KO, Qozog'iston);

Yarim o'rta vazn, 10 raund: Sergey Lubkovich (20-0-2, 12 KO, Rossiya) – Havasbek Asadullaev (8-0, 5 KO, O'zbekiston);

Ikkinchi o'rta vazn, 6 raund, Naberejniy CHelniy meri Kubogi uchun: Sergey Sergeev (2-0, 2 KO, Rossiya) – Nekruz Salimov (1-0, 1 KO, Tojikiston).

Birinchi og'ir vaznda: Xalimjon Mamasoliev (O'zbekiston) – Yuriy Kashinski (Rossiya);



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Do`stlarga yuboring: