SportUz.Tv

Jo Rogan: "Islam Maxachev shu yakshanba kuni faoliyatini yakunlashi mumkin"

12.08.2026 18:42    


Rasmni yuklab olish

UFC sharhlovchisi Jo Rogan yarim o'rta vazn toifasida chempionlik kamarini Yen Machado Gerriga qarshi himoya qiladigan Islam Maxachev shu yakshanba kuni oktagonga oxirgi marta chiqishi mumkinligini istisno etmayapti.

"Nima bo'lishini ko'ramiz. Islam Maxachev shu dam olish kunlari faoliyatini yakunlashi mumkin. Ha, u ketishi mumkin. Islam allaqachon juda ko'p narsaga erishdi. Ikki vazn toifasida chiqish qildi va ikki xil divizionda chempion bo'ldi. Agar u Yen Machado Gerrini mag'lub etsa, uni taslim bo'lishga majbur qilsa va keyin: "Menga etarli. Men Xabib Nurmagomedov kabi yo'l tutaman va endi murabbiylik qilaman", deb aytsa, men buni bemalol tasavvur qila olaman. SHunda men Maykl Morales va Karlos Prates o'rtasidagi mutlaq chempionlik uchun jangni kutishim mumkin", — dedi Rogan o'z podkastining yaqinda chiqqan sonida.

SHu bilan birga, rossiyalik jangchining o'zi 16 avgust tongida Filadelfiyada bo'lib o'tadigan UFC 330 turnirining markaziy jangi bo'ladigan irlandiyalik raqibiga qarshi bahsdan so'ng professional faoliyatini yakunlamoqchi emasligini bir necha bor takidlagan. U navbatdagi ehtimoliy raqib sifatida braziliyalik Karlos Pratesni ko'rsatgan. Mag'lubiyat nimaligini bilmaydigan ekvadorlik Maykl Moralesga kelsak, u shu yakshanba kungi chempionlik jangini sug'urtalashga tayyorlanmoqda va u ham chempionga navbatdagi chaqiruvni tashlashga davogarlik qilmoqda.



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Do`stlarga yuboring: