SportUz.Tv

Osiyo o'yinlarining boks turniri taqvimi elon qilindi

13.08.2026 07:30    


Rasmni yuklab olish

XX Osiyo o'yinlari tashkiliy qo'mitasi boks bo'yicha har bir vazn toifasidagi musobaqalar jadvalini rasman tasdiqladi.

Musobaqa 21 sentyabrdan 2 oktyabrgacha bo'lib o'tadi. Saralash bosqich janglari 21 sentyabr kuni boshlanadi, yarim final bahslari 29 va 30 sentyabr, finallar esa 2 oktyabr kuni bo'lib o'tadi. 

Jadvalda har bir erkaklar va ayollar vazn toifasidagi jang sanalari ko'rsatilgan bo'lib, bu jamoalarga Osiyo o'yinlariga puxta tayyorgarlik ko'rish imkonini beradi. Dastlabki bosqichda janglar kuniga ikki sessiyada o'tkaziladi. Kunduzgi dastur musobaqa kuniga qarab, mahalliy soat 12:00 (Toshkentda 8:00) yoki 13:00 (Toshkentda 9:00)da, kechki sessiyalar esa 17:00 (Toshkentda 13:00)da boshlanadi. 2 oktyabrdagi final janglari ham ikkita medal dasturiga bo'linadi.

Erkaklar turnirida 55, 60, 70, 80, 90 va 90 kilogrammdan yuqori vazn toifalari, ayollar o'rtasida esa 51, 54, 60, 65 va 75 kilogrammgacha bo'lgan vaznlar taqdim etiladi. To'rt yil Xanchjouda o'tgan Osiyo o'yinlari bilan taqqoslaganda, erkaklar va ayollarda bittadan vazn toifalari olib tashlangan. 

Elon qilingan jadvalga ko'ra, har bir vazn toifasiga dastlabki janglarni o'tkazish uchun aniq kunlar ajratilgan, shundan so'ng bokschilar yarim final va final bosqichlarida ringga chiqishadi.

Tashkiliy qo'mita musobaqa jadvaliga o'zgartirishlar kiritilishi mumkinligini ham istisno qilmayapti. Zarur bo'lganda, sana va vaqtga o'zgartirish kiritish mumkin. 



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Do`stlarga yuboring: