SportUz.Tv

Maxachev Gerri bilan to'qnashuv haqida: "Bir necha soniyaga "yulduzchalar" ko'rindi"

17.08.2026 09:03    


Rasmni yuklab olish

Yarim o'rta vazndagi UFC chempionlik kamarini Yen Machado Gerriga qarshi jangda muvaffaqiyatli himoya qilgan Islam Maxachev to'rtinchi raunddagi epizod haqida gapirdi.

O'sha vaziyatda raqibi unga boshi bilan kuchli zarba bergan va u deyarli hushidan ketishiga sal qolgan edi.

"To'rtinchi raundda uni burchakka qisib, "slem" (parterga tashlash) qildim, takroriy lavhani ko'rish mumkin – u boshi bilan burnimni qattiq shikastladi, ensasi bilan to'g'ri burnimga urdi. O'sha lahzada bir necha soniyaga ko'zim tinib, yulduzchalar ko'rinib ketdi. Burnim singan yoki biror shikast etganini darrov tushundim. Ammo jangdan keyin shifokor ko'zdan kechirib, lat eyishdan boshqa jiddiy jarohat yo'qligini aytdi", – dedi rossiyalik chempion UFC 330 turniridan keyin bergan intervyusida.

Yigirma besh daqiqalik chempionlik jangi yakunlariga ko'ra, hakamlardan ikki nafari – Sol D`Amato va Mayk Bell chempionga besh raunddan to'rttasini berishdi. Uchinchi hakam Erik Kolon esa davogar nafaqat uchinchi, balki to'rtinchi raundni ham o'z foydasiga hal qilgan deb hisobladi.

Natijada Islam Maxachev 48-47 va 49-46 (ikki marta) ochkolar hisobida g'alaba qozondi. Bu uning tashkilotdagi ketma-ket o'n ettinchi g'alabasi bo'ldi va u UFC tarixidagi eng uzun g'alabali seriya bo'yicha afsonaviy Anderson Silvaning rekordini yangiladi.



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Do`stlarga yuboring: