SportUz.Tv

Janibek Alimxanuli WBO kamari uchun davogarga aylandi

17.08.2026 11:54    


Rasmni yuklab olish

Jahon boks tashkiloti (WBO) ikkinchi o'rta vazn toifasida (76,2 kg gacha) jahon chempionligi unvoni uchun britaniyalik Hamza SHiraz (24-0-1, 19 KO) va qozog'istonlik Janibek Alimxanuli (17-0, 12 KO) o'rtasida jang o'tkazilishini tasdiqladi.

Tomonlarga jangni kelishib olish uchun 20 kun muhlat berildi. Aks holda, promouterlik savdolari o'tkazilishi mumkin.

33 yoshli Janibek Alimxanuli professional ringdagi faoliyatini 2016 yilda boshlagan. U 2022 yilda o'rta vazn (72,6 kg gacha) toifasida jahon chempioniga aylangan bo'lsa, 2023 yilda birlashtirilgan chempionlik unvonini qo'lga kiritgan.

27 yoshli Hamza SHiraz esa professional boksdagi debyutini 2017 yilda o'tkazgan. U 2026 yilda ikkinchi o'rta vazn toifasida jahon chempioniga aylandi.



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Do`stlarga yuboring: