SportUz.Tv

WBC reytingi: 11 nafar bokschimizning reytingi qanday?

17.08.2026 12:21    


Rasmni yuklab olish

WBC (Butunjahon boks kengashi) avgust oyi uchun yangilangan reytingni elon qildi.

Tashkilot boshqalardan farqli ravishda TOP-40 reytingni taqdim etadi. 

Bokschilarimizning reytingi bilan tanishing: 

Superog'ir vazn: Bahodir Jalolov (+101, 6 kg) - 13-o'rin (avvalgi oy 12-o'rinda edi);

Superog'ir vazn: Lazizbek Mullojonov (+101, 6 kg) - 24-o'ringa ko'tarildi (avvalgi oy 25-o'rinda edi);

Supero'rta vazn toifasi (76,2 kg): Bektemir Meliqo'ziev - 6-o'ringa tushdi (avvalgi oy 5-o'rinda edi);

Supero'rta vazn toifasi (76,2 kg): Nurislom Ismoilov 29-o'rinda qoldi;

Birinchi o'rta vazn (69,8 kg): Isroil Madrimov - 8-o'ringa ko'tarildi (9-o'rin edi);

Birinchi yarimo'rta vazn (63,5 kg): Mujibillo Tursunov - 27-o'rinda qoldi;

Birinchi yarimo'rta vazn (63,5 kg): SHohjahon Ergashev - 31-o'rindan joy oldi;

Birinchi yarimo'rta vazn (63,5 kg): Ruslan Abdullaev - 34-o'ringa tushdi (33-o'rin edi);

Engil vazn (61,23 kg): Sirochbek Ismoilov - 16-o'ringa ko'tarildi (17-o'rin edi);

Ikkinchi eng engil vazn (55,3 kg): Murodjon Ahmadaliev 3-o'ringa ko'tarildi (5-o'rin edi);

Ikkinchi eng engil vazn (55,3 kg): Muhammad SHexov - 11-o'ringa ko'tarildi (12-o'rin edi);



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Do`stlarga yuboring: